“Kadastr bo‘lsa kadastr, uchastkavoy bo‘lsa uchastkavoy”. To‘ra Bobolov qonuniy chora ko‘rilishini aytdi

Jamiyat

Prokuratura Oltinsoydagi II xodimlari va aholi o‘rtasidagi janjalga izoh berdi north_east

Prokuratura Oltinsoydagi II xodimlari va aholi o‘rtasidagi janjalga izoh berdi

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida sodir bo‘lgan voqea jamoatchilikning diqqat markazida turibdi. Ma’lum qilinishicha, “Xalqobod” mahallasida yashovchi ayrim fuqarolar esa “amnistiya” muddati tugagandan keyin bu hududda joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydoniga noqonuniy uy-joy qurib olishgan. IIB xodimlari va aholi o‘rtasida janjal Halqabod mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonida fuqarolar noqonuniy ravishda qurgan uylarni buzish vaqtida sodir bo‘lgan. 

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov aholi va IIB xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal tufayli “Xalqobod” mahallasi fuqarolari vakillari bilan uchrashgan. Uchrashuvda fuqarolar viloyat hokimiga bo‘lgan voqeani aytib, holatga oydinlik kiritishga harakat qilgan.

“Prezidentning yer amnistiyasi to‘g‘risidagi qaror muddati may oyida tugagan. Bu noqonuniy imoratlar mart-aprel oylarida qurilgan. Bu yerga kadastr xodimlari kelib, dalolatnoma tuzilgan. Ogohlantirish berganmiz”, deydi mutasaddilardan biri.

“72 nafar shaxsning uyi kadastr bo‘lgan, nimaga bizniki bo‘lmadi?.. Hammamiz birga qurganmiz-ku”, deydi aholi vakillaridan biri.

Videoda ko‘rish mumkinmi, to‘plangan aholi orasidan bir kishining ovozi eshitiladi va viloyat hokimi uni yoniga chorlaydi. Hokim bu shaxsga holatga siyosiy tus bermaslik kerakligini uqtiradi. 

“O‘zbek-tojik deya ajratish bo‘lmoqda. Agar ajratish bo‘lmasa, nimaga shuncha odamning kadastri qilindi-ku bizniki qilinmadi? Nega shu 4 kishining kadastri qolib ketdi?”, deydi yana bir shikoyatchi ayol.

Shikoyatchilarning bu gapidan so‘ng, To‘ra Bobolov masalaga tezkor tarzda qonuniy chora ko‘rilishini tayinlagan.

“Hammasini qonuniy chorasini ko‘rasan! “Bespoadnыy”. Bugun, erta, 3 kun ichida ko‘rasan. Kim bo‘lishidan qat’i nazar. Kadastr bo‘lsa kadastr, uchastkavoy bo‘lsa uchastkavoy. Qonuniy chora ko‘rasizlar. Tushunarlimi? To‘g‘ri talab qo‘yishyapti. Boshqalar qilgan va noqonuniy xujjatlashtirish qilgan bo‘lsa buziladi”, deydi viloyat hokimi qo‘l ostidagilarga qarata. Shuningdek, To‘ra Bobolov qonuniy choralar shikoyatchilar ishtirokida ko‘rib chiqilishini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, Oltinsoy tumanidagi IIB xodimlari va aholi o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘yicha Bosh prokuratura bayonot bergan edi. Unga ko‘ra, tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo To'ra Bobolov

Baholaganlar

377

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing