Quyosh yuzasidagi portlashlar geomagnit bo‘ronini keltirib chiqardi
Bu qiziq
−
09 avgust 2023
7129Bir necha kun avval Quyosh yuzasida sodir bo‘lgan ketma-ket ikkita kuchli portlashlar geomagnit bo‘ronini keltirib chiqardi. Bu haqda “Anadolu” ma’lum qildi.
AQSH Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasining (OATMB) Kosmik ob-havoni bashorat qilish markazi (KOBQM) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu portlashlar Quyoshdan ikkita katta massaning otilib chiqishiga sabab bo‘lgan va geomagnit bo‘ronini keltirib chiqargan, uning ta’siri Yerda ham sezilgan. Jumladan, u Shimoliy Amerikada radio uzilishlariga olib kelgan.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, quyosh chaqnashlari kosmik kemalar va astronavtlar, shuningdek, radiochastotalar, energiya tizimlari va navigatsiya signallari uchun xavf tug‘diradigan kuchli energiya to‘lqinlarini hosil qiladi.
Ma’lumot uchun, Quyoshdagi birinchi chaqnash 6 avgust kuni, ikkinchisi 7 avgustda sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Quyosh faolligi maksimal darajaga yetadi
LiveBarchasi