Somon yölining massasi rekord aniqlikda ölçandi

Bu qiziq

−

image

Olimlar Somon yöli galaktikasining umumiy massasini taxminan 1,19 trillion Quyoş massasiga teng deb baholadi. Yangi hisob-kitoblar avvalgi ayrim tadqiqotlarda keltirilgan natijalardan ança yuqori bölib, ölçovlar xatoligi 11 foizni taşkil etdi. Bu haqda “Naked Science” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, Somon yöli yuzlab milliard yulduzlar, yulduzlararo gaz, çang va ulkan qoronği materiyaidan iborat. Qoronği materiya yoruğlik çiqarmagani sababli galaktikaning massasini bevosita ölçaş imkonsiz. Şu bois, olimlar uning massasini osmon jismlarining harakatini kuzatiş orqali hisoblaydi.

DESI xalqaro ilmiy hamkorligi tadqiqotçilari galaktika markazidan taxminan 33 mingdan 310 ming yoruğlik yiligaça uzoqlikda joylaşgan 10 036 ta yulduz ma’lumotlarini tahlil qilgan. Ular DESI spektrografi yordamida yulduzlarning Yerga nisbatan yaqinlaşiş va uzoqlaşiş tezligini ölçagan. Uşbu ma’lumotlar “Gaia” kosmik teleskopi kuzatuvlari bilan birlaştirilgan.

Natijada olimlar Somon yöli markazidan 261 ming yoruğlik yili masofagaça bölgan hududdagi moddalar massasini 636 milliard Quyoş massasiga teng deb hisoblagan. Bu ölçovlardagi xatolik taxminan 8 foizni taşkil etgan.

Galaktika halosining markazdan qariyb 730 ming yoruğlik yiligaça çözilgan çegarasi doirasidagi umumiy massa esa 1,19 trillion Quyoş massasiga baholangan. Avvalgi tadqiqotlarda Somon yölining massasi 500 milliarddan 2 trilliongaça Quyoş massasi oraliğida baholangan edi. Yangi natijalar galaktika massasiga doir ayrim past baholar bilan mos kelmaydi.

Tadqiqot natijalari “arXiv” ilmiy maqolalar serverida e’lon qilingan. Olimlarning bildirişiça, yangi hisob-kitoblar Somon yöli atrofida qoronği materiya qanday taqsimlanganini va galaktikaning şakllaniş tarixini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi. Biroq hisob-kitoblarda Somon yölining yirik yöldoşi – Katta Magellan Bulutining gravitatsion ta’siri inobatga olinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq astronomlar Somon yöli galaktikasi diski ikki bosqiçda şakllanganini aniqlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing