Quyoshda kuchli portlash qayd etildi

Bu qiziq

−

image

Quyoshda oxirgi bir oy ichidagi eng yirik portlash qayd etildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Yangi chaqnashlar seriyasi kecha, 5 oktyabr kuni Quyoshning qariyb bir oylik pasaygan faolligi fonida boshlangan. Ulardan biri M1.0 darajasiga yetgan.

“Hozirda koinotdan kelayotgan Quyosh fotosuratlarida ko‘rinadigan Quyosh diski markazida shakllanayotgan ikkita yirik Quyosh dog‘lari guruhi yaqqol ko‘rinib turibdi. So‘zsiz, hozirda Quyoshda aynan ular bilan bog‘liq energiya yonmoqda.

Chaqnashlarning hozirgi darajasi hozircha xavf tug‘dirmaydi, ammo bu Quyosh faolligida ko‘pdan beri kutilgan burilishning belgisi bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ikkita yirik Quyosh dog‘i yoz oxiridan beri joriy Quyosh siklining ushbu bosqichi uchun kutilmaganda kuchli bo‘lgan chuqur depressiya holatida bo‘lgan. Oxirgi holat hatto jadval bo‘yicha faqat 2029-2030 yillarda kutilgan Quyosh minimumi barvaqtroq boshlanishi mumkinligi haqidagi mulohazalarni keltirib chiqargan.

“Yangi dog‘lar guruhining o‘sish tezligi juda hayratlanarli ekanini payqash mumkin. Agar bu o‘sish yana bir-ikki sutka saqlanib qolsa, hafta o‘rtalariga borib oliy darajadagi X chaqnashlari yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. Oxirgisi, ayniqsa faol hududlarning Quyosh diskining qoq markazida – to‘g‘ridan to‘g‘ri Yer qarshisida joylashganini hisobga olganda, sayyoraga jiddiy bosim o‘tkazishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Biroq ushbu ssenariyning ehtimolini baholash hozircha murakkab. Bugungi kun hal qiluvchi bo‘ladi – faol markazlarning o‘sishi yo to‘xtaydi, yoki X2 darajasini yorib o‘tish bo‘sag‘asiga juda yaqin kelib, davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quyosh va Oyning tortishish kuchi ba’zan kuchli yerosti silkinishlaridan oldin sodir bo‘ladigan sekin yer qimirlashlarini keltirib chiqarishga qodir ekanligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing