Somon yöli galaktikasi kutilganidan murakkabroq şakllangani aniqlandi
Bu qiziq
−
10:09 954 2 daqiqa
Astronomlar Somon yöli galaktikasi diski ikki bosqiçda şakllanganini aniqladi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.
Tadqiqot natijalariga köra, galaktikaning dastlabki rivojlaniş davrida yulduzlar bugungiga qaraganda ança tartibsiz joylaşgan, keyinçalik esa uning tuzilişi asta-sekin özgargan.
Xalqaro tadqiqotçilar guruhi Ispaniyadagi La-Laguna universiteti vakili David Mirabal boşçiligida Yevropaning “Gaia” kosmik teleskopi ma’lumotlarini tahlil qilgan. Olimlar Quyoş atrofidagi yulduzlarning yoşi, rangi va yorqinligini örganib, ularning milliardlab yillar avval qanday şaroitda şakllanganini aniqlaşga uringan.
Ma’lum bölişiça, Somon yölining eng qadimgi yulduzlari galaktika diskining markaziy tekisligidan ança uzoqda joylaşgan. Taxminan 10,85 milliard yil avval esa yulduzlarning joylaşuvida sezilarli özgariş yuz bergan.
Tadqiqotga köra, eng qadimgi yulduzlar taqsimotining xarakterli balandligi 4 100 yoruğlik yilidan oşgan. Taxminan ikki milliard yil keyin şakllangan yulduzlarda esa bu körsatkiç 1 630 yoruğlik yilini taşkil etgan. Keyingi davrlarda yangi yulduzlar galaktika tekisligiga tobora yaqinroq joylarda paydo bölgan.
Olimlar bu jarayonni Somon yölining dastlabki davrida gazning faol ravişda galaktikaga kirib kelişi, yulduzlarning jadal şakllanişi va ehtimoliy töqnaşuvlar bilan izohlamoqda. Öşa paytda gaz oqimlari beqaror bölgani sababli yangi yulduzlar galaktikaning umumiy tekisligidan uzoq hududlarda ham paydo bölgan bölişi mumkin.
Vaqt ötişi bilan gaz tinçlanib, galaktika tekisligiga çöka boşlagan. Natijada Somon yölining avval qalin diski, keyinçalik esa yoş yulduzlar köproq joylaşgan yupqa diski şakllangan.
Tadqiqotçilarning xulosasiga köra, galaktikaning qalin diski şunçaki yupqa diskning qarib qolgan qismi emas. U Somon yölining ilk şakllaniş davrida mavjud bölgan alohida şaroitlarning izlarini bugungaça saqlab kelgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq comon yöli galaktikasi taxminan 11,8 milliard yil avval mitti galaktika bilan qöşilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr