Quyoşda muşuk şaklidagi sirli hudud aniqlandi

Bu qiziq

−

image

Quyoş yuzasida muşuk siluetiga öxşaş koronal teşik paydo böldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti va Sibir filiali Quyoş-Yer fizikasi institutining Quyoş astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Laboratoriyaning Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda mazkur hodisa hazilomuz tarzda izohlangan.

“Koronal teşik esa muşukçaga aylandi. Buning uçun, töğri, Quyoşni aylantirişga töğri keldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, koronal teşik – Quyoş atmosferasining taşqi qatlami bölgan koronadagi magnit maydoni oçiq çiziqlarga ega hududdir. Bu joylarda plazma ziçligi va harorati atrofdagi qismlarga nisbatan past böladi. Şu sababli ular ultrabinafşa va rentgen tasvirlarida qoronği hudud sifatida körinadi.

Bunday teşiklar yuqori tezlikdagi quyoş şamoli oqimlarining manbai hisoblanadi. Ular Yerga yetib kelganda geomagnit böronlarini keltirib çiqarişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq astronomlar Quyoş oq mitti yulduzga aylanganidan keyin uning tizimidagi sayyoralarning orbitalari beqarorlaşib, ularning aksariyati tizimdan çiqib ketişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing