Qo‘shni davlatda avtobus jarga qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
01 may 2023
6583Bugun, 1 may kuni Tojikiston shimolida mikroavtobus 200 metrlik jarlikka qulab tushdi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, uch kishi tan jarohati oldi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi Dushanbe-Xo‘jand-Chanok avtomobil yo‘lining 154-kilometrida sodir bo‘lgan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Starex rusumli avtobus haydovchisi viloyat markazi Ayniydan Panjikent shahri tomon harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotgan.
Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida haydovchi va besh yo‘lovchi halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar jarlikka tushib, ularning jasadlarini olib chiqishgan.
“Ikki nafar bola va bir ayol turli tan jarohatlari bilan Ayniy tuman shifoxonasiga yotqizilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Bursa shahrida o‘quvchilarni olib ketayotgan sayohat avtobusi ag‘darilib ketdi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lib, 44 kishi yaralandi.
LiveBarchasi