Qurilayotgan karantin zonalari va shifoxonalardan kelajakda qanday maqsadda foydalaniladi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida Toshkent shahrida, Yuqorichirchiq, Zangiota va Namanganning Chust tumanida shifoxona va karantin zonasi qurilyapti. Bu inshootlar rejadan tashqari qurilayotgani uchun epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan keyin ulardan nima maqsadda foydalanishni belgilab olish kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov AOKAda tashkil etilgan brifingda shu haqda ma’lumot berdi.

“Majmualarda yaratilgan sharoitlarni e’tiborga olib, ularning har biridan ko‘p tarmoqli shifoxona sifatida foydalansa bo‘ladi.

To‘g‘ri, qisqa vaqt ichida qurilyapti, lekin jahon talabi va me’yorlari asosida, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidimaologiya xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘inga qarshi bosh boshqarmasi hamda "Uztibloyiha" ixtisoslashgan loyiha tashkiloti bilan birgalikda tibbiy texnologik jarayonga asoslangan loyihalar ishlab chiqildi. Ushbu majmualar so‘zsiz kelajakda respublikamiz axolisi uchun beminnat xizmat qiladi.

Karantin zonalarining kelajagi haqida gapirganda aytish kerakki, ushbu majmualar karantin xolati yakunlangach, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya epidimiologik osoyishtalik agentliklari bilan kelishilgan holda samarali ishlatilishi tashkil etiladi”, dedi Jamoliddin Qalandarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus aniqlanganlar soni 1758 nafarni tashki etyapti. Bugungacha bemorlarning 561 nafari sog‘aygan va 7 nafari vafot etgan.  

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

169

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing