Qo‘limizda AQSH politsiyachilarining shafqatsiz videolari bor – Lavrov

Olam

image

Avvalroq AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va Latviya kabi G‘arb davdatlarining Rossiyada bo‘lib o‘tgan namoyishlar yuzasidan munosabat bildirgani va hibsga olingan muxolifatchi Navalniyni ozod etishni talab qilgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova G‘arb davlatlarining Navalniy bilan bog‘liq Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirishini mamlakat ichki ishlariga aralashish, deb baholagan edi. 

Bugun, 5 fevral kuni Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Josep Borrel bilan muzokaralardan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida yuqoridagi masala yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Lavrovning fikricha, Rossiya politsiyachilarining harakatlarini AQSHdagi yoki Yevropadagi kuch ishlatar tuzilmalarning shafqatsizligi bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

“Rossiya tomoni, allaqachon, Yevropa va AQSHda politsiya xodimlarining namoyishchilarga nisbatan qilgan shafqatsizliklari tushirilgan videolavhalarni Bryusselga jo‘natdi”, deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov.

Unga ko‘ra, AQSHdagi mitinglar vaqtida politsiyachilar namoyishchilarni bosib ketgan. 

“Bizda bunga yaqin holat bo‘lgani yo‘q. Aksincha, Rossiyada yaqinda bo‘lib o‘tgan namoyishlar paytida politsiya bir necha bor hujumga uchragan va hech qanday maxsus vositalardan, shu jumladan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan ham foydalanmagan. Namoyishchilar esa politsiyaga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni ishlatgan”, deydi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning bir qator shaharlarida hibsga olingan muxolifatchi Navalniyning chaqirig‘i bilan 2 marotaba, aniqrog‘i 23 va 31 yanvar kunlari namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishlarning o‘tkazilish vaqti internetda barchaga ma’lum bo‘lgani bois Rossiya Qurolli quchlari bunga qarshi turish choralarini ko‘rdi. Ushbu namoyishlar vaqtida Rossiya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, birgina Moskva shahrida 4 ming odam, “Reuters” axborot agentligiga ko‘ra, 10 ming odam qatnashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Evropa Ittifoqi Lavrov Naval'niy Borrel

Baholaganlar

390

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing