Uşakov Zelenskiyni Moskvaga taklif qildi
Olam
−
08:54 1556 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qönğiroq qilsa, u bilan telefonda gaplaşişini aytdi. Şu bilan birga, u Ukraina rahbariga Putin bilan yuzma-yuz uçraşiş uçun Moskvaga kelişni taklif qildi. Bu haqda “Meduza“ xabar berdi.
Rossiya davlat televideniyesi muxbiri Pavel Zarubin Uşakovdan Zelenskiy qönğiroq qilsa, Putin javob beradimi, deb söragan.
“Menimça, albatta, javob beradi. Putin heç qaçon suhbatlaşişdan boş tortmagan“, degan Uşakov.
Uning aytişiça, agar Zelenskiy Putin bilan gaplaşmoqçi bölsa, Moskvaga kelişi mumkin.
“U turli manbalar orqali xabarlar yuboryapti. Agar u haqiqatan ham muzokara ötkazmoqçi bölsa, Moskvaga kelsin“, deya qöşimça qilgan Rossiya Prezidenti yordamçisi.
Zelenskiy avval ham Putin bilan Donald Tramp iştirokida istalgan neytral hududda uçraşişni bir neça bor taklif qilgan. Kreml esa bunga javoban Ukraina prezidenti Moskvaga kelib, Putin bilan yuzma-yuz uçraşişi mumkinligini bildirgan. Şuningdek, uning xavfsizligi kafolatlanişini ma’lum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yuriy Uşakov Rossiya, AQŞ va Ukraina örtasida Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş böyiça tinçlik muzokaralari joriy yilning 4 noyabridan keyin Abu-Dabida ötkazilişi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr