“Ölim zonasi”ga tuşib qoldik”. “Novaya gazeta” 30 yillik faoliyatini töxtatmoqda
Olam
−
18:14 582 2 daqiqa
Rossiyaning “Novaya gazeta” naşri 30 yildan ortiq faoliyatidan söng işini töxtatmoqda. Tahririyat joriy yilning 9 noyabr kuni ofisini tark etib, serverlarni öçirişini ma’lum qildi. Bu haqda naşrning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
“Tahririyatimiz yöq qilindi. 9 noyabr kuni 30 yillik uyimizdagi çiroqlarni öçirib, serverlarni yopamiz va bu yerdan ketamiz. Gazeta öz faoliyatini tugatmoqda. Rossiya hukumati va maxsus xizmatlari bizni işni töxtatişga majbur qildi. Mamlakat va uning fuqarolari bilan birga ötgan 30 yildan ortiq hayotimiz endi boşpanasiz, tirikçilik uçun mablağsiz va doimiy ta’qiblar xavfi ostida yakunlanmoqda”, deyiladi bayonotda.
Bunga qadar, 29 oktyabr kuni “Novaya gazeta” tahririyati Moskva markazidagi Potapovskiy tor köçasida joylaşgan ofisiga egalik qiliş huquqidan mahrum bölayotgani ma’lum bölgan. Naşr uşbu binoda 29 yil davomida faoliyat yuritgan.
Tahririyat sönggi yillarda, deyarli beş yillik uruş davomida, “maxsus xizmatlarning töliq qurşovida” işlaganini ta’kidlagan. Bu davrda naşr saytlari bloklangan, gazetaning ommaviy axborot vositasi sifatidagi röyxatdan ötişi bekor qilingan.
Şuningdek, naşr boş muharriri, Tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati Dmitriy Muratovga hujum qilingan va u “xorijiy agent” deb e’lon qilingan. Gazeta jurnalistlari ham uşbu röyxatga kiritila boşlangan.
Bundan taşqari, Çeçenistonda “Novaya gazeta” muxbiri Yelena Milaşina kaltaklangan, jurnalist Oleg Rolduginga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tahririyat binosi va boş muharrir Sergey Sokolovning xonadonida tintuvlar ötkazilgan.
“Mana endi hammasi tugadi. Biz “ölim zonasi”ga tuşib qoldik. Bu faqat bizning şaxsiy tariximiz emas, balki mamlakat va jamiyatning ham tarixidir. Biz şu yillar davomida aynan şu haqda yozdik. Imkonimiz boriça. Bizni eşitgan barçaga rahmat”, deyiladi naşr bayonotida.
Ma’lumot uçun, Rossiya qöşinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin, 2022 yilda “Novaya gazeta”ning bosma naşri töxtatilgan. Öşa yili Rossiyaning Basmanniy sudi gazetaning OAV sifatidagi litsenziyasini bekor qilgan. 2026 yil sentyabrida esa naşr “xorijiy agent” deb e’lon qilingan.
Live
Barchasi