Qo‘qondagi portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
25 fevral 5425 1 daqiqa
Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlagani haqida xabar berilgan edi. Ushbu hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, FVV qutqaruvchilari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish jarayonida jismlar ostidan bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Qayd etish joiz, portlash Qo‘qon shahar “Bo‘ston” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlagan edi. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan.
Live
Barchasi