Qrimdagi o‘q-dori omboriga zarba berildi

Olam

image

Bugun, 24 iyul kuni ertalab anneksiya qilingan Qrim osmonida havo hujumidan mudofaa kuchlari 11 ta dronni urib tushirdi. Bu haqda Rossiya tomonidan tayinlangan yarimorol rahbari Sergey Aksenov ma’lum qildi.

“Jankoy tumanidagi o‘q-dorilar omboriga zarba berildi. Shuningdek, Kirovskiy tumanidagi xususiy uy dron bo‘laklari tushishidan zarar ko‘rdi”, deydi Aksenov.

Dronlar hujumi tufayli “xavfsizlik nuqtayi nazaridan” Jankoy tumanidagi temiryo‘l va Jankoy-Simferopol avtomobil yo‘lida harakat to‘xtatilgan.

Bundan tashqari, Jankoy tumanidagi favqulodda vaziyat joyidan 5 kilometr radiusdagi qishloqlar aholisini vaqtinchalik joylashtirish markazlariga evakuatsiya qilishga qaror qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar bo‘lmagan. Keyinchalik, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va yo‘l xizmatlari mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ekspertizadan so‘ng, Jankoy-Simferopol avtomobil yo‘lida avval to‘xtatilgan harakatni tiklangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni Qrim ko‘prigining bir qismi, 19 iyul kuni esa harbiy poligon portlatilgandi. Shundan so‘ng Kreml javob choralari tayyorlanayotganini e’lon qildi. 18 iyul kuni Ukraina infratuzilmasiga berilgan zarbadan so‘ng Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu Qrim ko‘prigiga qilingan hujum uchun javob ekanligini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim o'q-dori ombori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing