Qrimda benzin sotuvi to‘liq to‘xtatildi

Olam

image

Qrimdagi barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin sotuvi ham erkin tarzda, ham talonlar bo‘yicha to‘liq to‘xtatildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Rossiya tomonidan tayinlangan yarimorol rahbari Sergey Aksyonovning aytishicha, benzin sotuvi kecha, 21 iyun kuni soat 09:00 dan boshlab to‘xtatilgan.

“Yoqilg‘i faqat Qrim Respublikasi hayotiy faoliyati va xavfsizligini ta’minlaydigan davlat xizmatlariga beriladi”, deydi Aksyonov.

Qrim benzin taqchilligiga bahor oxirida duch kelgan. Bunga Ukraina Qurolli kuchlarining anneksiya qilingan yarimorolni R-280 Novorossiya avtomobil yo‘li orqali ta’minlayotgan benzin tashuvchi va yuk mashinalariga uyushtirgan hujumlari sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Joriy yilning 6 iyun kuni Sevastopoldagi TES AYOQSHlar tarmog‘ida benzin olish uchun talonlarni rasmiylashtirish maqsadida QR-kodlar joriy etilgan. Bunday talon 20 litr benzin xarid qilish huquqini bergan.

QR-kodni faqat haftasiga bir marta va faqat Maks messenjeri orqali olish mumkin. Rossiya tomonidan tayinlangan Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev esa kodlar tom ma’noda bir necha o‘n soniya ichida tugab qolayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing