Qozondagi 15 ta maktabda o‘quvchilar portlash haqidagi xabarlardan so‘ng evakuatsiya qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 15 may kuni Qozon shahridagi bir qator maktablarning o‘quvchilari va xodimlari maktablarga portlovchi qurilmalar joylashtirilgangi haqidagi xabarlardan so‘ng evakuatsiya qilindi. Bu haqda Tatariston poytaxti meriyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Shaharda maktablarni evakuatsiya qilish to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Maktablarning har birida xabarlarni tekshiradigan maxsus xizmatlar ishlamoqda. Barcha bolalar va xodimlar zudlik bilan evakuatsiya qilindi”, deyiladi xabarida.

“Interfaks” manbasiga ko‘ra, shahardagi 15 maktab evakuatsiya qilingan.

Qozon fojiasi

Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni Rossiyaning Qozon shahridagi maktablardan birida avval otishma, keyin esa portlash yuz berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, maktabdagi otishmada hozirgacha 11 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan ikki nafari qochish uchun uchinchi qavat oynasidan sakrashi natijasida o‘lgan.

OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani ikki nafar yigit sodir etgan. Ularning biri 17 yoshda va u qo‘lga olingan. 19 yoshli boshqa bir buzg‘unchi odamlarni garovga olgani uchun yo‘q qilingan.

Ammo Tatariston IIV hujum qilgan shaxs yolg‘iz bo‘lganini e’lon qildi. Terrorist 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev bo‘lgan, uning nomiga qurol rasmiylashtirilgan.

Rossiya Prezidenti mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin, uning o‘rinbosari Tatyana Golikova va FVV rahbari Yevgeniy Zinichev bilan muloqot qildi.

Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Ta’lim vaziri Sergey Kravsov va Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko favqulodda hodisa joyiga jo‘nab yetgan. Putin shuningdek, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar oilasiga yordam ko‘rsatishni buyurgan. 

Putin hodisa yuzasidan marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

12 may kuni Tataristonda motam kuni deb e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozon

Baholaganlar

69

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing