Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot dron hujumi tufayli Qozonga qo‘ndi (video)

Olam

image

Bugun, 28 may kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining  Toshkentdan Moskvaga uchayotgan SU1871 reysi dronlar hujumi sababli Qozon shahriga yo‘naltirildi. Bu haqda “Ostorojno, novosti” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, samolyot tungi soat 03:00 da havoga ko‘tarilgan va 04:55 da Qozonga qo‘ngan. Shundan buyon yo‘lovchilar samolyot ichida qolmoqda – ular tashqariga chiqarilmagan. Shuningdek, Moskvaga uchish vaqti haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

“Bizga hatto yengil tamaddi ham berilmadi, nima bo‘layotgani haqida hech narsa aytishmayapti! Havo hududi allaqachon ochilgan bo‘lsada, ikki soat oldin bizni samolyotdan tushirishmoqchi ekanliklarini aytishdi, keyin esa yana kutishimiz kerakligini bildirishdi”, degan yo‘lovchilardan biri.

Keyinroq, yo‘lovchilarga yaqin 12 soat ichida Moskvaga uchish rejalashtirilmayotgani ma’lum qilingan. Bunga sabab qilib, ekipajning ish vaqti tugagani va Qozon aeroportining haddan tashqari yuklama ostida ekani, shuningdek, yo‘lovchilarni tushirishga ruxsat berilmayotgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni Rossiyaning Nordwind Airlines  aviakompaniyasining samolyoti Qozog‘istonning Aqto‘be xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgandi. Aeroportda tasdiqlanishicha, Boeing-777 Yekaterinburgdan Sochiga uchayotgan bo‘lgan, biroq yo‘nalishini o‘zgartirgan: yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgan, uning ahvoli keskin yomonlashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 42 yoshli ayol parvoz vaqtida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Qozon dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing