Rossiya samolyoti Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi
Jamiyat
−
27 may 6797 1 daqiqa
Bugun, 27 may kuni Rossiyaning Nordwind Airlines aviakompaniyasining samolyoti Qozog‘istonning Aqto‘be xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.
Aeroportda tasdiqlanishicha, Boeing-777 Yekaterinburgdan Sochiga uchayotgan bo‘lgan, biroq yo‘nalishini o‘zgartirgan: yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgan, uning ahvoli keskin yomonlashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 42 yoshli ayol parvoz vaqtida vafot etgan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan 12:35 da Aqto‘bega qo‘ngan. Samolyot bortida 564 yo‘lovchi bo‘lgan va ular hozircha samolyot ichida qolmoqda. Boshqa tafsilotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni AQSHning Orlando shahridagi aeroportda bortida 300 yo‘lovchisi bor samolyotda yong‘in chiqqandi. Ushbu hodisa samolyot qo‘nganidan so‘ng yuz bergan. Bortda 282 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi – jami 294 kishi bo‘lgan. Samolyot dvigatellaridan biri yonib ketgan va shundan so‘ng barcha yo‘lovchilar shoshilinch tarzda evakuatsiya qilingan.
Live
Barchasi