Toshkentdan uchgan samolyot dron hujumi sabab Qozon aeroportiga qo‘na olmadi
Olam
−
11:16
7626Bugun, 20 yanvar kuni Toshkentdan havoga ko‘tarilgan "Red Wings" aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Qozon xalqaro aeroportiga qo‘na olmadi. Bu haqda "Flightradar24" portali ma’lum qildi.
Samolyot yetib kelish joyidan taxminan 80 kilometr uzoqlikda aylanib chiqdi. Qozon aeroporti samolyotlarni qabul qilmayotgani bois Toshkentdan parvoz Samaraga yo‘naltirildi. WZ1512 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:43 da Samaradagi muqobil aeroportga qo‘ndi. Bildirilishicha, Tatariston poytaxti aeroporti ochilishi bilanoq, samolyot o‘zining dastlabki manziliga safarini davom ettiradi. Kutish davrida reys yo‘lovchilariga aviatsiya qoidalariga muvofiq xizmatlar ko‘rsatiladi.
Bugun, 20 yanvarga o‘tar kechasi Qozon shahriga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qilgani haqida Telegram kanallari va OAV xabar berdi.
VCHK-OGPU, "Mash" va boshqa kanallardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qozondagi Gorbunov aviatsiya zavodi hududida sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi shaharning Aviastroitelniy, Moskva, Kirovskiy va Novo-Savinskiy tumanlarida bir nechta portlash ovozini eshitgan.
Shu fonda Tatariston poytaxti aeroporti reyslarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatdi. Rosaviatsiya vakili Artem Korenyako o‘zining Telegram-kanalida bunday choralar “fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash uchun” joriy etilganini yozdi.
"Mash"ning yozishicha, zarba, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Lyutiy” rusumli uchuvchisiz uchoq tomonidan amalga oshirilgan. Qurbonlar va jarohatlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar