Rossiyada o‘zbekistonlik ayol 17 yoshli o‘g‘lini o‘ldirganlikda aybdor deb topildi

Olam

image

Rossiyaning Qozon shahrida 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi S.B. beparvolik tufayli 17 yoshli o‘g‘lini o‘ldirganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Novo-Savinov tuman sudining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayol qurol ishlatib, qasddan badanga yengil shikast yetkazish va buning ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga olib kelishi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Sud uni 1 yil 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilgan. Biroq uning 2024 yil 28 iyuldan beri tergov izolyatorida o‘tkazgan vaqti hisobga olingan holda, S.B. qolgan muddatni o‘tashdan ozod qilingan. Ehtiyot chorasi bekor qilingan.

Mazkur voqea o‘tgan yilning iyul oyida sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ona va o‘g‘il o‘rtasida mojaro kelib chiqqan, mojaro davomida ayol o‘spirinni ikki marta pichoqlagan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, yigitni qutqarishning iloji bo‘lmagan. Yigit O‘zbekistonda dafn qilingan.

S.B. 40 yoshda, Urganch shahridan. Ayol marketolog mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan, turk restoranida ishlagan. Rossiyada u qonuniy yashab kelgan. Ilgari sudda marhumning otasi gapirgan, singlisi esa xat yozgan. Ikkalasi ham S.B.ni hech qachon o‘z o‘g‘lini o‘ldira olmaydigan mehribon va hamdard ayol sifatida tasvirlagan. Marhumning otasi uning o‘g‘li bir necha bor o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva viloyatida 35 yoshli o‘zbekistonlik erkak deyarli bir oy davomida 11 yoshli o‘gay qizini zo‘rlaganlikda ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing