Qozog‘istonda Alisher Usmonov ajratgan pullarni aholi o‘rtasida taqsimlash boshlandi

Olam

image

Avvalroq, milliarder Alisher Usmonov Sirdaryodagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan jabrlangan qozog‘istonliklarga 5 mln dollar xayriya qilgani haqida xabar bergan edik.

Sardoba suv ombori dambasi yorilishidan zarar ko‘rgan Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani aholisiga Usmonov ajratgan pullardan 1000 AQSH dollarlik sertifikatlar berish boshlandi. Bu haqda Turkiston viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Bu pullar toshqindan jabrlangan oilalarning boshliqlari hisobiga o‘tkazib beriladi. Ayni vaqtda fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish ishlari davom etyapti. Hujjatlar to‘liq shakllantirilgach, har bir oila ularga ajratilgan pulni oladi.

Usmonov 5 mln 202 ming dollar xayriya mablag‘ini ajratgan pullar “Turkiston” ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi hisobiga o‘tkazib bergan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov suv toshqinidan jabr ko‘rgan o‘zbekistonliklar uchun ham 10 mln dollar miqdorida xayriya ajratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Sardoba suv ombori

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing