Qozog‘istondagi neft bazasida portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 25 yanvar kuni Qozog‘istonning Jezqazg‘on shahridagi neft bazasida portlash sodir bo‘ldi va buning ortidan yong‘in chiqdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, portlash oqibatida to‘rt kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli oshkor etilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab baza hududida joylashgan uchta maxsus mashina yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar gaz-havo aralashmasi portlab ketgan, shundan so‘ng yong‘in 100 kvadrat metr maydonga yoyilgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirish vaqtida olovning atrofdagi yonilg‘i baklariga tarqalishining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan. Qayd etilishicha, alanga o‘chirilgan, hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida joylashgan futbol stadioni butunlay yonib ketgandi. Yong‘in 500 bolaga mo‘ljallangan ushbu sport inshootining garajidan boshlangan va so‘ngra olov stadionga o‘tgan. Ikkita traktor va “Gazel” rusumli avtomashina ham jihozlar bilan birga yonib kul bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston neft' portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing