Qozog‘istondagi konda yong‘in sodir bo‘ldi
Olam
−
27 avgust 2023
3299Bugun, 27 avgust kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Saranskaya” konida yong‘in yuz berdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
“27 avgust kuni soat 01:55 da “Saranskaya” konida yong‘in sodir bo‘ldi va avariyani bartaraf etish rejasi joriy etildi. Yong‘in o‘chirildi. Barcha ishchilar yer yuzasiga chiqdi”, deyiladi “ArselorMittal Temirtau” aksiyadorlik jamiyati xabarida.
Aytishlaricha, yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 avgust kuni Xitoy shimolidagi ko‘mir konida kuchli portlash yuz bergandi. Oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi.
LiveBarchasi