Xitoyda ko‘mir koni portlab ketishi oqibatida 11 kishi o‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 21 avgust kuni Xitoy shimolidagi ko‘mir konida kuchli portlash yuz berdi. Oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC news” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, portlash 21 avgust kuni kechki payt Shensi provinsiyasidagi tarixiy Yanan shahri chekkasida sodir bo‘lgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, portlash vaqtida shaxtada jami 90 nafar konchi bo‘lgan. Hozirga qadar tergov davom etmoqda.

Ma’lumki, Xitoyda tog‘-kon sanoati uzoq vaqtdan beri mahalliy iqtisodiyotning asosiy omili bo‘lib kelgan. Keyingi paytda mamlakatda shamol va quyosh energiyasi yaxshi rivojlanayotgan bo‘lishiga qaramay, Xitoy o‘z energiyasining asosiy qismi uchun ko‘mirga qaram bo‘lib qolmoqda. U yoqilg‘i manbai bo‘yicha dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchi va iste’molchi hisoblanadi.

Bundan oldin ham joriy yilning fevral oyida Mo‘g‘ulistonning shimoliy mintaqasida joylashgan konning qulashi oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Xitoy rahbari Si Szinpin bu borada amaldorlar va mas’ullarni xavfsizlikni yaxshilashga chaqirgan, ammo bu mahalliy amaldorlar ko‘z yumib kelmoqda. Xitoy so‘nggi oylarda sanoat va qurilish sohalarida bir qator halokatli baxtsiz hodisalarini boshdan kechirdi.

Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, bunday voqiyalarga qaramay 2022 yilning o‘zida bu turdagi baxtsiz hodisalar soni 27 foizga, o‘limlar soni esa 23,6 foizga kamaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing