Qozog‘istondagi aviahalokat qurbonlari soni ko‘paydi
Olam
−
29 yanvar 2020
10636Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida qulagan Bek Air aviakompaniyasi samolyotini boshqargan ikkinchi uchuvchi halok bo‘ldi. Shu bilan halokat qurbonlarining soni 13 nafarga yetdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
Olma-ota sog‘liqni saqlash boshqarmasida ma’lum qilinishicha, uchuvchi 21 yanvar kuni barqaror ahvolda 4-sonli shahar klinikasidan uyiga ambulator davolanish uchun chiqarilgan.
Ammo kecha, 28 yanvar kuni soat 18:00 da tez tibbiy yordam xizmatiga uchuvchining ahvoli keskin yomonlashgani haqida xabar tushgan. Shifokorlar bemorning yurak faoliyatini tiklash uchun uringan, ammo bu samara bermagan.
Uchuvchi 1965 yilda tug‘ilgan Marat Muratbayev bo‘lgan. U aviahalokatdan keyin 5 yanvarda o‘ziga kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 27 dekabrida Olma-ota-Nur-Sulton yo‘nalishida uchgan Bek Air samolyoti aeroport yaqinida qulagandi. Havo laynerida 93 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat natijasida 12 kishi, jumladan bort kapitani ham halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi