Qozog‘istonda samolyot halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Olam
−
30 Sentabr 2023
5632Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida ikki o‘rindiqli samolyot mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda Fuqaro aviatsiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 30 sentyabr kuni Qarag‘anda viloyatida mahalliy vaqt bilan 07:46 da havoga ko‘tarilgan P2002 rusumli UPLA286 samolyoti o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragan. Oqibatda 1097 soat parvoz stajiga ega bo‘lgan samolyot komandiri (uchuvchi-instruktor) va Havo hujumidan mudofaa kuchlari harbiy institutining 3-kurs kursanti halok bo‘lgan.
Qo‘mita keyinchalik xabarlarga aniqlik kiritib, qurbonlarning shaxsi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan. Shuningdek, Transport vazirligi Doskey qishlog‘idan 5 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan qulash tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan tergov boshlanganini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyada samolyot qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, Turkiyaning Izmir viloyatida bortida 3 nafar qirg‘izistonlik bo‘lgan vertolyot halokatga uchragandi.
LiveBarchasi