Qozog‘istonda koronavirusga qarshi kurashganlar uchun yodgorlik o‘rnatiladi

Olam

image
Elboshidan Bosh vazirgacha. Qozog‘iston elitasida kimlar koronavirusga chalindi? north_east

Elboshidan Bosh vazirgacha. Qozog‘iston elitasida kimlar koronavirusga chalindi?

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev poytaxt Nur-Sultonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ishtirok etgan qozog‘istonliklarga yodgorlik o‘rnatish kerakligini aytdi.

“Pandemiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etgan fuqarolar davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishadi. Vabo kasalligidan xalos bo‘lganimizdan keyin poytaxtimizda fuqarolarimizning qahramonligiga atab yodgorlik o‘rnatishimiz kerak. Men Qozog‘iston fuqarolariga farovonlik va ravnaq tilayman. Biz, albatta, g‘alaba qozonamiz. Chunki biz birgamiz”, dedi Qosim-Jomart To‘qayev.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 18 231 nafar shaxs koronavirusga chalindi. Bemorlardan 11 158 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 127 holatda o‘lim qayd etildi.

17 iyun kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiyalogik vaziyat og‘irligini aytib, murojaat bilan chiqqan edi.

Mamlakatda koronavirusning tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 11 aprelgacha favqulodda holat davom etdi. Ammo infeksiyadan zararlanishlar soni so‘nggi kunlarda keskin oshgach, ayrim hudadlarda karantin qoidalari qayta joriy etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing