Xitoydan o‘zgan Qozog‘istonda qat’iy karantin uzaytirildi
Olam
−
29 iyul 2020
12913Qozog‘istonda karantin muddati yana 2 haftaga uzaytiriladi. Mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tegishli ko‘rsatmani berdi. Bu haqda "Oqo‘rda" xabar berdi.
Prezident mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda Bosh vazir Asqar Mamin qat’iy karantin o‘rnatilgach, mamlakatda koronavirusga chalinish 29 foizga pasaygan. Kunlik kasallanish holatlari 1500-1600 kishi arofida barqarorlashgan.
Shifoxonalarga yuklama 43 foizga, jumladan reanimatsiya bo‘limlariga 27 foizga pasaygan.
Sog‘ayganlar 63 foizga oshgan, tez yordam chaqiriqlari soni qisqargan. Shu tariqa sog‘liqni saqlash tizimiga bosim pasaygan.
Shu sababdan Qosim-Jomart To‘qayev davlat komissiyasiga karantin choralarini yana ikki haftaga uzaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.
Avvalroq, Qozog‘iston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda qat’iy karantin 5 iyul kuni qaytarilgandi. Dastlab ikki haftaga o‘rnatilgan cheklovlar keyin yana shuncha muddatga uzaytirilib, avgust oyi boshigacha etib belgilangandi.
LiveBarchasi