Koronavirus: Qozog‘iston Xitoyni ortda qoldirdi

Olam

image

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutkada 1 544 ta koronavirus infeksiyasi holati qayd etildi. Mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 86 192 kishiga yetdi. 

Koronavirusdan tuzalganlar soni 56,6 ming kishidan oshdi. Pandemiya boshidan beri mamlakatda 793 ta o‘lim holati qayd etilgan.

So‘nggi sutkada aniqlangan kasallanganlarning 784 nafari alomatli, 760 nafari alomatsiz tashuvchilar hisoblanadi.

Eng ko‘p kasallanish Olma-ota (271) va Nur-Sultonda (250) aniqlangan.

Ahamiyatlisi Qozog‘iston koronavirus tarqalishi bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi. Worldometer statistik portali ma’lumotiga ko‘ra, koronavirusning vatani sifatida ko‘riladigan Xitoyda 84 060 kishida koronavirus aniqlangan. Shundan 4 634 nafari vafot etgan, 78 944 nafari tuzalgan. Qolgan 482 kishi shifoxonada davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

984

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing