Qozog‘iston koronavirus tarqalishining “pik” nuqtasidan o‘tdi – vazir
Olam
−
03 avgust 2020 14934 1 daqiqa
Qozog‘istonda koronavirus tarqalishining eng avj nuqtasidan o‘tib oldi. Mamlakatda vaziyat barqarorlashdi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbiy Qozog‘iston, Oqmo‘la, Olma-ota, Turkiston, Qo‘stanay, Mang‘istov viloyatlari va poytaxt Nur-Sultonda vaziyat tezlik bilan yaxshilanyapti.
Aleksey Soy mamlakatdagi statsionarlarning 34 foizi bandligini, bu jami o‘rinlarni 49 mingga yetkazish hisobiga bo‘lganini ta’kidladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 92 662 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 67,5 foizi yoki 62 511 nafari sog‘aygan. Bugungacha 1058 kishi koronavirusdan vafot etgan.
Avvalroq, Qozog‘istonda karantin yana 2 haftaga uzaytirilib, 17 avgustgacha davom etishi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust