Qozog‘iston chegarada cheklov choralarini kuchaytirishga qaror qildi
Olam
−
03 noyabr 2020
6499Qozog‘iston koronavirus tufayli davlat chegarasida cheklov choralarini kuchaytiradi. Bu haqda Respublika hukumati saytida ma’lum qilindi.
Respublikada yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet elliklarga, ularning oila a’zolariga, Qozog‘iston fuqarolarining oila a’zolari bo‘lgan chet elliklarga endi davlat chegarasidan 90 kunda bir martadan ko‘p bo‘lmagan o‘tishga ruxsat beriladi (ilgari bu 30 kun edi).
Hukumat 57 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejimning to‘xtatilishini 2021 yil 1 maygacha uzaytirdi. 1 yanvargacha Xitoy va Hindistondan tranzit yo‘lovchilarning Qozog‘iston hududida vizasiz qolish to‘xtatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 9 noyabrdan boshlab Turkiya bilan amalga oshiriladigan xalqaro reyslar soni haftasiga 33 tadan 20 taga kamayadi.
LiveBarchasi