Qozog‘istonda ikki o‘zbekistonlik uch yil tutqunlikda saqlangani aniqlandi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Olmaota shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi uch yil davomida tutqunlikda saqlanib, majburan ishlatib kelingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi

"10 iyun kuni Olmaota viloyati Politsiya departamenti Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tezkor ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining ikki fuqarosining mehnat ekspluatatsiyasi maqsadida noqonuniy ozodlikdan mahrum qilingani holatini aniqladilar. 1986 yilda tug‘ilgan gumondor fuqaro A. uch yildan ortiq vaqt davomida jabrlanuvchilarni Qorasoy tumani hududida ushlab turgani ma’lum bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Mazkur holat Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 126-moddasi 3-qismi 2-bandi (noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish) bo‘yicha ro‘yxatga olingan. Gumonlanuvchi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib ketilgan.

Shu bilan birga, amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning 22 nafar fuqarosi ham aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda otishma sodir etgan o‘zbekistonlik 15 yilga qamalgandi. Shuningdek, Qozog‘istondagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘lgani xabar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston o'zbekistonlik tutqunlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing