O‘zbekistonlik ishchi Qozog‘istondagi qurilishda vafot etdi
3-sahifa
−
05 may 2023
7458Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahridagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar departamentining aniqlik kiritishicha, fojia do‘kon qurilishi vaqtida sodir bo‘lgan.
“Shu yilning 4 may kuni soat 15:11 da Qizilo‘rda shahrining Turequlov ko‘chasida ikki qavatli do‘kon qurilishi vaqtida 1996 yilda tug‘ilgan ishchining (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi) ustiga yog‘och shift qulab tushdi. Erkak voqea joyida vafot etdi. Jasad vayronalar ostidan olib chiqildi”, deyilgan xabarda.
Marhumning shaxsi va qaysi viloyatdan ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni Rossiyaning Tomsk viloyatidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr