Qozog‘istonda 16 mln odamning ma’lumotini tarqatganlar javobgarlikka tortiladi

Olam

image

Qozog‘istonda 16 million fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqqani bo‘yicha aybdorlar javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov ma’lum qildi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan.

“Bu 2022 yilga tegishli ma’lumotlar bo‘lib, o‘sha davrda ma’lumotlar sizib chiqqan. Afsuski, bunday holatlar, shu jumladan hukumat obro‘siga ham putur yetkazadi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu ma’lumotlar tibbiy muassasalardan tarqalgan. Ular davlat bazalariga kirish huquqiga ega, ammo ularni saqlashni ta’minlamaydi. Bu uchun qonuniy javobgarlik mavjud”, degan Bektenov. 

Hozircha gumondorlar aniqlanmagan, biroq Bosh vazir barcha aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlagan. 

Qozog‘istonda shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqishi

2024 yilning iyun oyida TSARKA (Kiberhujumlarni tahlil va tergov qilish markazi) tomonidan tasdiqlanishicha, 16,3 million qozog‘istonlikning shaxsiy ma’lumotlari internetga sizib chiqqan. Ular orasida to‘liq ismlar, tug‘ilgan sanalar, IIN (shaxsiy identifikatsion raqam), yashash manzillari, mobil, ishchi va uy telefon raqamlari mavjud.

Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari Jaslan Madiyev bu ma’lumotlar 2024 yilning 1 maygacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishini aytgan.
Adliya vaziri o‘rinbosari Bekbolat Moldabekov esa IIN yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatni yangilash firibgarlikdan himoya qilishda foyda bermasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq internetda Rossiyadagi maxfiy yadro inshootlariga oid yirik ma’lumotlar sizib chiqqandi. 2 milliondan ortiq hujjat, jumladan, Yasniy shahridagi Strategik raketa kuchlari bazasining to‘liq sxemalari ochiq tarmoqda paydo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston shaxsiy ma'lumot Oljas Bektenov TSARKA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing