Qozog‘iston yerlariga da’vo qilgan rus siyosatchisi aytganlariga izoh berdi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasining Ta’lim va fan qo‘mitasi raisi Vyacheslav Nikonov “Birinichi” telekanaldagi “Katta o‘yin” dasturida Qozog‘iston hududi haqida aytgan gaplari yuzasidan izoh berdi. 

“Men Qozog‘iston Respublikasi chegaralariga aylangan Qozoq SSR hududini belgilashda Qozog‘iston manfaatlari to‘laligicha, inobatga olinganiga ishonaman. “Katta o‘yin” dasturida ham men aynan shu haqda gapirdim.

Fursatdan foydalanib, men birodar Qozog‘iston xalqiga yana bir bor o‘zimning eng iliq niyatlarimni bildiraman”, deya ta’kidlagan Nikonov Telegram`dagi sahifasida qoldirgan postida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vyacheslav Nikonov “Birinchi” telekanali efirida Qozog‘iston degan davlat bo‘lmagani haqida fikr bildirgandi. Jumladan, u shunday degan:

"Qozog‘iston shunchaki mavjud emasdi, shimoliy Qozog‘iston umuman o‘zlashtirilmagandi. Ular mavjud edi, ammo janubda. Aslida, Qozog‘iston hududi Rossiya va Sovet ittifoqining katta sovg‘asi. Markaziy Osiyo davlatlari – u yerda ham murakkab jihatlar bor".

Deputatning bu bayonotiga nisbatan Qozog‘iston TIV norozilik bildirib, rossiyalik diplomatga norozilik notasini topshirdi va Rossiyadan bunga munosimb baho berishini so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Qozog'iston Vyacheslav Nikonov

Baholaganlar

813

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing