Putin To‘qayev bilan yaqin orada ikkita uchrashuv o‘tkazishi aytildi
Olam
−
20 may 2024 4778 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Prezidentlari Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev yaqin oylarda kamida ikkita uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashuvda so‘z ochgan.
“Prezidentlar muntazam muloqotda, ular allaqachon ikki marta uchrashdi va yaqin oylarda KXSHT va SHHT doirasidagi tadbirlar munosabati bilan yana kamida shuncha muloqot qiladilar. Bosh vazirlar tez orada, may oyining oxirida uchrashadilar”, deydi Lavrov Qozog‘iston TIV rahbari bilan SHHT Vazirlar kengashi doirasida bo‘lib o‘tgan muzokarada.
Rossiyalik vazir, shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston kun tartibiga boy, huquqiy baza takomillashtirilayotgani, 10 ga yaqin idoralararo hujjatlar tayyorlashning turli bosqichlarida ekanini bildirgan.
O‘z navbatida, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri bu galgi uchrashuv kelajak uchun yangi rejalarni taqdim etish imkonini berishi va Qozog‘iston-Rossiya o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada rivojlantirishga turtki berishini qayd etgan.
“Umid qilamanki, biz munosabatlarning davomiyligi va yuqori dinamikasini saqlab qolamiz, Rossiya Qozog‘iston uchun eng yaqin hamkor va ittifoqchidir, Qozog‘iston-Rossiya munosabatlarini mubolag‘asiz, ko‘p asrlik do‘stlik namunasi deb atash mumkin”, deydi Nurtleu.
Live
Barchasi