Qozog‘iston Rossiyadan migratsiya xavfi yuzaga kelganda choralar ko‘rmoqchi

Olam

image
Rus “propaganda”siga uchayotgan o‘zbeklar yoxud Hukumatning sukuti oqibati nima bo‘ladi? north_east

Rus “propaganda”siga uchayotgan o‘zbeklar yoxud Hukumatning sukuti oqibati nima bo‘ladi?

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi bir qator qozog‘istonliklarning mamlakatga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari sonining ko‘payishidan xavotirlanishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi. 

“Qozog‘iston-Rossiya hamkorligi doimo yuqori darajadagi ishonch va konstruktiv yondashuvlar bilan ajralib turadi.  Hozirgi vaziyatda Qozog‘iston Respublikasining davlat organlari mamlakatning amaldagi qonunchiligi va xalqaro shartnomalarga amal qiladi”, deyiladi Qozog‘iston TIV bayonotida. 

Qayd etilishicha, davlatda milliy manfaatlarni himoya qilish mexanizmlari yetarli, bu eng muhimi. 

“Atrofdagi har qanday murakkab geosiyosiy vaziyatda biz milliy xavfsizlik ustuvorligidan kelib chiqamiz. Atrofdagi notinchlik sharoitida davlatimizning barqarorligi jiddiy sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuni yodda tutish kerakki, har qanday keskin bayonot yoki harakat og‘ir vaziyatda istalmagan ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, deyiladi TIV xabarida. 

Qozog‘iston infratuzilmasi bugungi kunda migratsiya bilan bog‘liq hozirgi vaziyatni nisbatan yengil qabul qiladi. Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ob’ektlari ham o‘z imkoniyatlari doirasida ishlaydi, deya ishontirdi vazirlik. 

Qayd etilishicha, Rossiyadan Qozog‘istonga to‘rtta avtomobil o‘tkazish punktlarida katta miqdordagi avtomobillar tirbandligi yuzaga kelgan. 21 sentyabrdan boshlab Qozog‘istonga Rossiyadan kirib kelgan avtomobillar soni 20 foizga oshgan. 

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati qo‘mitasi 2022 yilda mamlakatga 1 million 660 ming Rossiya fuqarosi kirib kelgani, 1 million 640 ming nafar Rossiya fuqarosi chiqib ketgani, rasmiylar ular haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgani, ularning mamlakatda bo‘lishi qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qilgan. 

“Biz mavjud vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz va jiddiy xavf-xatarlar yuzaga kelgan taqdirda xalqaro huquq va milliy qonunchilikni hisobga olgan holda tegishli choralar ko‘riladi", deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga yuboriladi. 

Davlat rahbarining safarbarlik borasida qaroridan so‘ng Rossiyaning yirik shaharlarida namoyishlar boshlaandi. Ularda 1,4 mingga yaqin namoyishchilar qo‘lga olindi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyaliklar qo‘shni mamlakat hududlariga qochishga urinayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Rossiya OAVning ma’lumotlariga ko‘ra, Prezidentning harbiy safarbarlik haqidagi nutqidan so‘ng, bir necha daqiqa ichida, 21 sentyabr kuni Istanbul, Tbilisi va Yerevanga uchadigan reyslar uchun chiptalar qolmagan. Hatto, Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar ham kunning yarimgacha tugab bo‘lgan. Rossiyadan vodiy viloyatlariga bo‘lgan aviabiletlar narxi esa ikki baravarga oshib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Safarbarlik

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing