Qozog‘iston Rossiya va O‘zbekiston uchligida gaz ittifoqi tuzilishiga qarshi

Olam

image

Rossiya taklif qilayotgan “gaz ittifoqi”ni yaratish Qozog‘istonga qanday shartlar taklif qilinishiga bog‘liq. Ammo gaz ittifoqini tuzishga hojat yo‘q. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almas Aydarov “gaz ittifoqi” tashkil etish imkoniyatini izohlar ekan, ma’lum qildi. 

“Yevrosiyo integratsiyasi hukumatlararo va davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan hukumatlararo integratsiyadir. Gaz ittifoqini yaratish Rossiya tomonining taklifi bo‘lgan va hozircha u rasmiylashtirilmagan, biz Rossiya tomonidan bu qanday shaklda amalga oshirilishi haqida hozircha hech qanday tafsilot yoki taklif olganimiz yo‘q. Hozircha bu gaz savdosining ayrim jarayonlarini birlashtirish g‘oyasi”, deydi Almas Aydarov parlament yalpi majlisidan so‘ng. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hammasi Qozog‘istonga taklif qilinadigan shartlarga bog‘liq bo‘ladi. 

“Hozircha gaz masalasida alohida tuzilma, tashkilot yoki davlatlararo ittifoq tuzishga hojat yo‘q. Bu shunchaki aholi punkti, gaz ta’minoti va narxlar uchun g‘oya edi. Barcha mamlakatlarda gaz taqchilligi bor, shuning uchun Rossiya tomoni shunday taklif bilan chiqdi”, deb tushuntirdi Aydarov.

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Putin To‘qayevga uch davlatning gaz bo‘yicha ittifoqini tuzish rejalarini aytgan va bu masala O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilish niyati borligini bildirgan. 

8 dekabr kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan energetika sohasida hamkorlikka kirishi mamlakat ichidagi iste’mol talabi bilan bog‘liqgini aytib chiqdi.

"Bunda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, o‘zimizning energiya tarmoqlarni kimgadir berib yuborish orqali emas, oldi-sotdi, tijoriy shartnomalar asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti", degan edi vazir.  

Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiya Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bayonot bilan chiqib, gaz ittifoqini tuzishda hech kim siyosiy shartlar qo‘ymayotgani, ittifoq tuzish g‘oyasi kontekstida bu gap yo‘qligini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

gaz ittifoqi

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing