O‘zbekiston Rossiyadan ko‘proq gaz olishni muhokama qilyapti

Jamiyat

image

Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti barqaror, tomonlar respublikaga yangi gaz yetkazib berishni muhokama qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS. 

“Kundalik hajmlar, shartnoma majburiyatlari bajarilmoqda, hech qanday muammo yo‘q”, degan vazir. 

Shu bilan birga, qayd etilishicha, O‘zbekiston va “Gazprom” asosan kuz-qish mavsumining eng yuqori cho‘qqisiga mo‘ljallangan bo‘lajak yetkazib berish hajmlarini muhokama qilmoqda.

Mirzamahmudov, iqtisodiy rivojlanishni hisobga olgan holda [yangi yetkazib berish] ko‘rib chiqilishi va hisob-kitob qilinishini bildirgan. 

“Biz neftni qayta ishlash o‘sishini hisobga olgan holda neft ustida ham ishlayapmiz, lekin bu yerda iste’molchi kompaniyalar darajasida ko‘proq ish olib borilmoqda. Biz neftni ham, neft mahsulotlarini ham import qilamiz va buni kengaytirishga tayyormiz”, deya izoh bergan vazir.  

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi doirasida Rossiyaning “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida energetika kompleksi sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolandi. Hujjatni “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov imzolagan.

Forumda so‘z olgan Miller hozirda Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi va Qozog‘iston Ostona shahrini gazlashtirish uchun yetkazib berish yo‘nalishi ustida ishlayotgani, kompaniya Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlar va Buxoro-Ural gaz quvurini ham ko‘rib chiqayotganini bildirgan

Shuningdek, uning aytishicha, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik 15 yilni tashkil etadi, uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi 2024 yil o‘rtalarida tuzilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 7  oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishga start bergan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib oladigan bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Gazprom Jo'rabek Mirzamahmudov gaz ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing