Energetika vaziri lavozimidan ozod etildi – manba
Jamiyat
−
19:54 5318 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov 1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda AQSHning Alabama universitetini, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.
Jo‘rabek Mirzamahmudov 2022 yilning sentyabr oyidan buyon Energetika vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zatom” agentligi bosh direktori (2018-2019), O‘zbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zatom” agentligi bosh direktori (2019-2022) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi