Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
24 iyun 3649 1 daqiqa
Umid Mamadaminov va Umarjon Egamberdiyev energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, Umid Mahmudovich Mamadaminov – O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Umid Mamadaminov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Prezidentning qarori bilan Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev – mamlakat Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Umarjon Egamberdiyev bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasining yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Live
Barchasi