“Gazprom” O‘zbekistonga uzoq muddatli gaz yetkazib berish ustida bosh qotirmoqda

Olam

image

“Gazprom” rahbari Aleksey Miller va Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar Rossiya gazini uzoq muddatli yetkazib berish va tashish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda xolding matbuot xizmati xabar berdi.  

Ishchi uchrashuv bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. 

“Tomonlar noyabr oyida imzolangan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini, xususan, Rossiya tabiiy gazini uzoq muddatli yetkazib berish va tashish istiqbollarini muhokama qildilar”, deyiladi xabarda. 

Noyabr oyi boshida “Gazprom” va Qozog‘iston tabiiy gazni yetkazib berish, tashish va qayta ishlash, shuningdek, uni geologiya-qidiruv va qazib olishga taalluqli strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. 

Iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan ikki yillik gaz sotib olish shartnomasini tuzdi,  kuniga yetkazib berish hajmi 9 million kubometrni, yillik hajmi esa deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi. Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib berish 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan. “Shu bilan birga, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi gaz bo‘yicha hamkorlik gorizonti 15 yilni tashkil etadi va uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi 2024 yil o‘rtalarida tuzilishi mumkin”, dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali Rossiya gazini teskari yo‘nalishda yetkazib berish 2025 yilning noyabridan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. 

Shu bilan birga, “Gazprom” va Qozog‘iston hozirda Ostona shahrini gazlashtirish uchun yetkazib berish yo‘nalishi ustida ishlamoqda, kompaniya Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlar va “Buxoro-Ural” gaz quvurini ham ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, “Gazprom” O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali uchinchi davlatlarga gaz tranzitini istisno qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz ittifoqi gazprom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing