Qozog‘iston Germaniyaga 690 ming tonna neft eksport qildi
Olam
−
16 noyabr 2023
3053“Kaztransoyl” magistral neft quvuri orqali joriy yilning o‘n oyida Germaniyaga 690 ming tonna neft yetkazib berdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
"2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida "Transneft" AJning magistral neft quvurlari tizimi orqali Qozog‘iston neftini Germaniyaga yetkazib berish hajmi 690 ming tonnani tashkil qilgan. Noyabr oyida “Kaztransoyl” nemislarga 100 ming tonna "qora oltin" tranzit qilishi rejalashtirilgan", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Kaztransoyl" joriy yil mobaynida "Transneft" orqali 1,2 mln tonna qozoq neftini Germaniyaga yetkazib berishi bo‘yicha yillik ariza jo‘natgan. Biroq neft yetkazib berishning haqiqiy hajmi neft kompaniyalari so‘rovlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Axborot agentligining yozishicha, ushbu neft tranziti Qozog‘iston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 2002 yil 7 iyundagi tegishli kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 2033 yilgacha 100 mln tonnadan ortiq Rossiya neftini o‘z hududi orqali Xitoyga tranzit qilmoqchiligi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi