Qozog‘iston dron ishlab chiqaradi
Olam
−
14 Sentabr 2023
4652Qozog‘iston dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamaletdinov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, zamonaviy urushlarda uchuvchisiz uchar qurilmalaridan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.
“Endilikda bu masala Senat yalpi majlisida ko‘tariladi. Oxirgi qurolli mojarolar tahlili dronlardan foydalanishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda, biz buni tushunamiz va tegishli choralarni ko‘ramiz. Ayni damda biz dronlarni ham sotib olyapmiz, ham o‘zimizda rivojlantiryapmiz”, degan Kamaletdinov
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Qozog‘istonda Isroil va Xitoyda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz samolyotlar mavjud.
“Turk kompaniyalari bilan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda, biroq menimcha, tegishli davlat idorasi bu borada aniqroq izoh beradi. Bundan tashqari, hozirda bizning uchuvchisiz uchuvchi qurilmalarimizning ko‘rgazmali sinovlari o‘tkazilmoqda”, degan vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, Kamaletdinov hozirgi kunda dronlar snaryad, raketa kabi asosiy qurolga aylanganini aytgan.
“Shuning uchun ularning soni ko‘payishi kerak. Byudjetga kelsak, davlat imkoniga qarab to‘laydi. Shuning uchun biz so‘rayapmiz, lekin davlat mavjud iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib mablag‘ ajratadi”, deya qo‘shimcha qilgan vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Olmaota viloyatida bo‘lib o‘tgan mamlakat armiyasining strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlariga tashrif buyurib, armiya eng murakkab jangovar topshiriqlarni ham bajarishga shay bo‘lib turishi kerakligini aytgandi. Mamlakatning Qarag‘anda viloyatidagi Sari-Shagan poligonida esa MDH davlatlarining havo hujumidan mudofaa bo‘yicha qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlangan.
LiveBarchasi