Qozog‘iston harbiylarini Britaniyada o‘qitmoqchi
Olam
−
07 iyun 3320 1 daqiqa
Qozog‘iston o‘z harbiy xizmatchilarini Buyuk Britaniyaning oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qitadi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki mamlakatning mudofaa vazirliklari o‘rtasida Londonda harbiy hamkorlik rejasi imzolangan. Unda polkovnik Erbol Qumarbekuli boshchiligidagi Qozog‘iston Mudofaa vazirligining delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan ishtirok etgan.
Tadbir davomida ikki tomonlama harbiy hamkorlikning dolzarb masalalari va kelajakdagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Buyuk Britaniyaning yetakchi harbiy oliy ta’lim muassasalarida qozog‘istonlik harbiy xizmatchilarning tinchlikparvarlik, til o‘rgatish va umumiy harbiy tayyorgarligi asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Qolaversa, tadbir yakunida tomonlar 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi harbiy hamkorlik rejasini imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ozarbayjonlik harbiy xizmatchilar Qozog‘iston Mudofaa milliy universitetida o‘qishni rus tilida emas, balki qozoq tilida davom ettirish istagini bildirgandi. Universitet rahbari bu qarordan hayratda qolgan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr