Qoraqalpog‘istonda MAN portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
22 mart
11172Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha 21 mart kuni soat 13:50 atrofida To‘rtko‘l tumani “Guliston” MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilg‘i bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan. Oqibatda MAN va Ford rusumli avtomobillar to‘liq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari yong‘indan zararlangan.
Bildirilishicha, voqea bo‘yicha 1998 yil va 1980 yil tug‘ilgan To‘rtko‘l tumanida yashovchi ikki fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Vafot etgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida MAN rusumli propan gaz tashuvchi yuk avtomobili ag‘darilib ketgan edi. FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus-texnika va qutqaruv anjomlari yordamida tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldi olingan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar bo‘lmagan.