Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Nukusda propan olib ketayotgan MAN ag‘darilib ketdi (video)

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida MAN rusumli propan gaz tashuvchi yuk avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 14 mart kuni soat 03:05 da Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri M.Nurmuhammedov ko‘chasida MAN rusumli propan gaz tashuvchi yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus-texnika va qutqaruv anjomlari yordamida tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldi olingan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida Matiz haydovchisi uxlab qolib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. Oqibatda Matiz haydovchisi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Nukus MAN

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing