Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Jizzaxda Matiz haydovchisi uxlab qolib, dahshatli YTH sodir etdi (video)

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida Matiz haydovchisi uxlab qolib, yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda Matiz haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 13 mart kuni 06:50 larda Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 magistralining 980-kilometrida Samarqand-Toshkent yo‘nalishida ketayotgan Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi uxlab qolishi oqibatida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siq orasida ya’ni transport vositalarining qayrilib olish joyidan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakat qilib kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida Matiz haydovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti rusumli mashina daraxtga borib urilgan edi. YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan. Haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing