Qoraqalpog‘istonda 300 litrga yaqin qo‘lbola aroq tayyorlaganlar ushlandi
3-sahifa
−
15 noyabr 2023
5894O‘zbekistonda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlash va muomalaga kiritishga urunish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi "Kichik Guldirsin" MFYdagi xonadonlardan birida yashovchi S.A. o‘z uyida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgani aniqlanib, ushbu xonadondan 2 157 dona “Russkaya vodka” nomli qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsuloti, 865 dona qalbaki aksiz marka, 160 litr spirt, 21 190 dona bo‘sh shisha idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Beruniy tumanida ham fuqaro Z.A. o‘z uyida alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotgani aniqlanib, qo‘lbola usulda tayyorlangan 120 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsuloti, 120 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovarlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida fuqarolar A.A. va A.T. qo‘lbola usulda yasalgan 480 dona "Shahrisabz arog‘i" nomli alkogol mahsulotini fuqaro B.K.ga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlangan. Mazkur holatda jami 588 dona qalbaki alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Qo‘shtepa tumanlarida yashovchi 7 kishi aroqdan zaharlangan va ularning 4 nafari vafot etgandi.
LiveBarchasi