Qoraqalpog‘istonda 2222 litr dizelni o‘marmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida 2 222 litr dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilinishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.N.B.” MCHJning Qo‘ng‘irot filiali sex mudiri Z.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 2 222 litr dizel yoqilg‘isini hech qanday hujjatsiz filialga tegishli yoqilg‘i tashuvchi avtomashinasida “K.Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, 2222 litr dizel yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hududlarida dizel yonilg‘isini sotayotgan shaxslar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Qo'ng'irot dizel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing