Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimi o‘rinbosari MCHJ rahbari “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yo‘llagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt o‘tgandan keyin ko‘rib chiqqani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari va qaror qabul qilish tartibi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, murojaatlarni ko‘rib chiqishdan so‘ng davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari har bir ariza va shikoyat bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bu haqda murojaatchiga darhol yozma yoki elektron shaklda xabar yetkazadi. 

Qonunning 28-moddasida esa ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan.

Mansabdor shaxs yuqoridagi harakati orqali “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun unga nisbatan Biznes-ombudsman devoni tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida mansabdor shaxslar tomonidan jami 88 ta huquqbuzarlik sodir etilgan bo‘lib, Biznes-ombudsman devoni tomonidan ularga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sayxunobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorga Sardoba tumani hududidan 6 gektar yer maydoni olib berish evaziga 20 ming AQSH dollari hamda viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan va Sayxunobod tumani hududida joylashgan 50 sotix yer maydonini yengil konstruksiya ko‘rinishida qurilish qilishi uchun ijara shartnomasi asosida rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari, jami 25 ming AQSH dollari talab qilgan va tezkor tadbirda so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Shumanay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made